Shaharingiz uchun toza havo!

Briofiltrlar yordamida ekologiyani himoya qiling va havoni tozalang.

Mo’xlar ya’ni yo‘sinlar orqali sof kislorod – kelajak uchun yashil innovatsiya.

biofilter

  • ✅ Atmosferada zararli gazlar (NO₂, CO₂, SO₂) va og’ir elementlar miqdori ortishi
  • ✅ Kislorod ishlab chiqarishning tabiiy manbalari kamayishi
  • ✅ Havo harorati sun’iy ravishda ortishi aholi orasida (shahar mikroiqlimi buzilmoqda) allergiya, nafas yo‘llari va yurak-qon tomir xastaliklari bilan og’rish holatlari ko’paymoqda

🌍 Havo sifati monitoringi

🌡 Harorat

---

🔄 Namlik

---

🏙 Tanlangan shahar

---

Briofiltratsiya – tabiiy va innovatsion yechim

Ishlash printsipi

Ushbu ekologik muammoga qarshi, biz tabiatdan o‘ziga xos ilhom olgan holda, "SHAHAR HAVOSI UCHUN BRIOFILTR" loyihasini ishlab chiqdik. Loyihaning markazida – yo‘sinlar (mo’xlar;ildizsiz yuksak o’simliklar) turadi. Ular maxsus dizayndagi skameykalar (o’rindiq) “devorida” o‘stirilib, jamoat joylarida o‘rnatiladi.

  • Doimiy yashil fotosintez orqali ko‘p miqdorda kislorod ishlab chiqaradi
  • Havodagi zararli elementlarni (radionuklid, og’ir elementlar) va changlarni biofiltratsiya qiladi
  • O’sishda joy ya’ni substrat tanlamaydi (tuproqsiz, urban sirtlarda)

Shahar havosining ifloslanishi

Zavodlar
Fermalar
Shaharlar
Kanalizatsiya

Briofiltrlar haqida batafsil

Zavodlar

Zamonaviy shaharlashuv – yashil hududlar hisobiga amalga oshmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida shahar aholisi soni keskin ortib bormoqda, shunga parallel ravishda yangi ko‘p qavatli turar-joy majmualari, savdo markazlari va sanoat infratuzilmalari barpo etilmoqda.

Ushbu urbanizatsiya jarayonlari ko‘plab qulayliklar yaratayotgan bo‘lsa-da, tabiiy yashil maydonlar qisqarishi esa jiddiy ekologik muammolarga olib kelmoqda.

Ushbu loyiha orqali erishiladigan natijalar

Saytimiz orqali siz:

Hozirda bir nechta pilot nuqtalarda briofiltr skameykalari o‘rnatildi. Loyihaning keyingi bosqichida ularni shahar bo‘ylab keng miqyosda tarqatish, havo sifati monitoringi va foydalanuvchilarning real vaqtda kuzatishi uchun interaktiv xarita tizimi ham joriy etiladi.